19-apreldan boshlab Yandex Go xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi O‘zbekistondagi barcha shaharlarda imkoniyati cheklangan foydalanuvchilar uchun test rejimida ayrim tanlovlardan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi, deb xabar qildi servis matbuot xizmati.

Endi ushbu variantlardan foydalanish mumkin:

  • “Menga mashina topishda yordam bering”;
  • “Faqat yozishaman”;
  • “Gapirmayman, ammo eshita olaman”;
  • “Nogironlar aravachasidaman”.

Maxsus variantlar Yandex Go ilovasida alohida ekranda ko‘rinadi. Ulardan har qanday tarifda foydalanish mumkin.

Haydovchilarga yordam berish uchun xizmat amaliy tavsiyalar ishlab chiqdi, ular bozorning barcha ishtirokchilari uchun mavjud, deya ta’kidladi xizmat. “Bu buyurtma berishda va sayohatlarda tushunmovchiliklar yuzaga kelishi xavfini kamaytirish maqsadida haydovchilar uchun tavsiyalarni yanada qulayroq qilishga yordam beradi”, — deb tushuntirdi Yandex Go vakillari.

Buyurtmani qabul qilgan haydovchi uchun dastur qulaylik imkoniyatlari bilan sayohatda nima qilish kerakligini tushuntiradi, masalan:

  • “Menga mashina topishda yordam bering”. Sayohat kartasida haydovchi foydalanuvchiga avtomobil topish, unga yetib borish va joylashishda yordam kerakligi haqida izohga ega bo‘ladi.
  • “Faqat yozishaman”. Bunda biror kishi ovozli muloqot qilish imkoniga ega bo‘lmasa, haydovchidan muloqotni chat ko‘rinishida olib borishi so‘raladi.
  • “Gapirmayman, ammo eshita olaman”. Haydovchi buyurtmaga sharh oladi, foydalanuvchi uning savolini eshitadi, lekin imo-ishoralar yoki matn bilan javob beradi.
  • “Nogironlar aravachasidaman”. Agar bu variant tanlansa, haydovchi “Nogironlar aravachasida bo‘ladi, o‘tirishda yordam kerak, bagaj bo‘sh bo‘lsin” degan izohga ega bo‘ladi.

Agar haydovchi biron-bir sababga ko‘ra buyurtmani maxsus variantlar bilan bajara olmasa, uni rad qilishi mumkin.

Bu yangiliklar Yandex Go tomonidan ekspertlar — O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda “Sharoit plyus” nogironlar uyushmasi vakillari bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Ularni amalga oshirish rejalari mart oyi oxirida Toshkentda O‘zbekistonda qulay muhitni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbatida muhokama qilingan.