Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi fuqarolarni uyali aloqa vositalarini bepul stansiyalarda quvvatlantirish teskari natija berishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kiberxavfsizlik bo‘yicha ekspertlarning ma’lum qilishicha, ayrim shaxslar quvvat olayotgan elektron qurilmalarga zararli dasturlarni ommaviy USB quvvatlash stansiyalari orqali yuklaydi. Buzilgan USB port orqali o‘rnatilgan zararli dastur qurilmani qulflashi yoki shaxsiy ma’lumotlar va parollarni bevosita ularga eksport qilishi mumkin.

Shaxslar keyinchalik bu ma’lumotlardan onlayn hisoblarga kirish uchun foydalanishlari yoki uni boshqa hujumchilarga sotishlari mumkin.

“Ba’zi hollarda ular quvvat stansiyalariga ulangan kabellarni ataylab tashlab ketishgan. Hatto infeksiyalangan kabellar reklama sovg‘a sifatida berilgani haqida xabarlar bor”, — dedi mutaxassislar.

“O‘zkomnazorat” vakillari bunday vaziyatga tushmaslik uchun ba’zi maslahatlar bilan bo‘lishdi.

  • Ommaviy USB quvvatlash stansiyasidan foydalanmang, buning o‘rniga AC rozetkasidan foydalaning.
  • Sayohatda avtomobilning quvvatlovchi qurilmalarini va USB kabellarini oling;
  • O‘zingiz bilan portativ quvvatlovchi yoki tashqi batareyani olib yuring.

“Ishonchli yetkazib beruvchidan quvvat olayotganda ma’lumotlarni jo‘natish yoki qabul qilishdan saqlaydigan faqat quvvatlovchi kabeldan foydalanishni o‘ylab ko‘ring”, — deyiladi tavsiyalarda.

Inspeksiya agar qurilma USB portiga ulanganda va “Ma’lumotlarni almashish” yoki “Faqat zaryadlash”ni tanlash taklif qilinsa, har doim “Faqat zaryadlash”ni tanlash kerakligini bildirdi.