Yil boshidan buyon O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida faollik 2,7 foizga o‘sdi, deyiladi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) sharhida.

Mart oyida esa ko‘chmas mulk bozorida faollikning biroz pasayishi qayd etildi. Bahorning birinchi oyida oldi-sotdi bitimlari soni 7,3 foizga kamayib, qariyb 21 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilning mos davrida sotuvlar hajmi 2,9 foizga o‘sgan.

ijara narxlari, итиm, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori, тошкент

Shu bilan bir qatorda, mart oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv m uchun 9,2 dollarni tashkil etib, 7 foizga pasaygan.

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining o‘zgarishi

Mart oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi. Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun 9,2 dollarni tashkil etib, 7 foizga pasaydi.

Tumanlar kesimida ijaraning 1 kv.m. uchun eng yuqori narxlari poytaxtimizning Shayxontohur ($11,9), Yakkasaroy ($11,8) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.

Ijaraning nisbatan past narxlari poytaxtimizning Uchtepa ($7,3), Sergeli ($6,4) va Bektemir ($5,8) tumanlarida qayd etildi.

Shu bilan birga, 2022-yilning mos davriga kelib, Toshkentda ijaraning o‘rtacha narxi 17%ga qimmatlashdi.

Yillik dinamikada eng baland ijara narxi Shayxontohur (23,8%), Uchtepa (21,2%) va Sergeli (20,9%) tumanlarida qayd etildi.

Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori

O‘zbekistonda ikkilamchi bozorda uy-joy narxining o‘sish sur’ati sekinlashdi. Yanvar oyida 1 kv.m. uchun uy-joy narxi o‘rtacha 0,9%, fevral oyida — 4,5%, mart oyida — 0,2% bo‘lgan. 2022-yil mart oyidan beri ikkilamchi bozor 25,4 foizga o‘sgan.

ijara narxlari, итиm, иқтисодий tadqiqotlar va islohotlar markazi, ko‘chmas mulk bozori, тошкент

Yil boshidan buyon ikkilamchi bozorda uy-joy narxining sezilarli o‘sishi Toshkent (31,7%), Andijon (32,2%) va Farg‘ona (37,7%) viloyatlarida kuzatildi.

Toshkentning ikkilamchi bozorida oy davomida narxlarning o‘sish sur’ati biroz sekinlashdi va mart oyida 2,8 foiz, yanvar oyida 1,9 foiz, fevral oyida esa 3,8 foizni tashkil etdi.

Narx eng yuqori o‘sish sur’atlari Bektemir (6,9%), Yakkasaroy (3,8%) va Uchtepa tumanlarida (3,6%) qayd etildi.