14−16-aprel kunlari Toshkent mezbonlik qilgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogining 3-bosqichi yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqaning oxirgi kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Taxmina Ikromova halqadagi mashqda, shuningdek, guruh mashqida 5 halqa bilan chiqish qilgan qizlar shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarilishdi.

Halqa:

  • Sofiya Rafaeli (Italiya)
  • Margarita Kolosov (Germaniya)
  • Taxmina Ikromova (O‘zbekiston)

5 halqada guruh mashqi:

  • Xitoy;
  • Qozog‘iston;
  • O‘zbekiston (Yekaterina Fetisova, Mumtozabonu Isxokzoda, Nargiza Jumaniyazova, Ruxshona Dehkonova, Irodaxon Sadikova).

Musobaqa doirasida birinchi medallar jamlanmasi yakkalik yo‘nalishining ko‘pkurash dasturida o‘ynalib, unda ham Taxmina Ikromova kumush medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, guruh mashqining 3 tasma va 2 ta to‘p dasturida qizlar bronza medallari bilan taqdirlanishdi.

Yakkalik, ko‘pkurash:

  • Sofiya Rafaeli (Italiya);
  • Taxmina Ikromova (O‘zbekiston);
  • Margarita Kolosov (Germaniya).

Jamoaviy (3 tasmva va 2 to‘p):

  • Xitoy;
  • Germaniya;
  • O‘zbekiston.

Shu tariqa, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunladi. Ma’lumot uchun, Bolgariyada o‘tgan 2-bosqichda Taxmina Ikromova 1 ta oltin va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritgandi. U Gretsiyada o‘tgan 1-bosqichda kumush medalni olgandi.