Istiqbolli loyihalar milliy agentligi qozog‘istonlik taniqli tadbirkor, investor va jamoat arbobi Margulan Seysembayev yakshanba kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetidagi ma’ruzasida yoshlar uchun o‘zining maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi. U hayot yo‘lini qanday tanlash kerakligi, ishga kirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar, shuningdek, kelajak kasblari haqida so‘zlab berdi. Tadbir Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan tashkil etildi.

“Yaxshi ko‘rmaydigandan yaxshi ko‘radiganga”

Yoshlar o‘zlari uchun hayot yo‘lini qanday tanlashlari mumkinligi haqida gapirar ekan, Seqsembayev hamma ham nimani xohlashini aniq bila olmasligini ta’kidladi.

Inson nimani yaxshi ko‘rishidan ko‘ra, nimani yaxshi ko‘rmasligini o‘zi yaxshiroq biladi. Masalan, agar biz restoranga kelsak va men: “xohlaganingni tanla” desam, odam chalkashib ketadi. Agar men: “iste’mol qilishni xohlamagan ovqating yozilgan barcha qog‘ozchalarni chiqarib tashla, desam, yakunda bir-ikkita qog‘oz qoladi, xolos”, — dedi tadbirkor.

“Yaxshi ko‘radigan narsalaringiz ro‘yxatini tuzing. Odamlar qilishni yoqtiradigan faqatgina uchta narsa bor. Birinchisi, nimadirga ega bo‘lish: mashina, uy, dala hovli va boshqalar. Ikkinchisi, kimdir bo‘lish: tadbirkor, artist, taniqli inson va hokazo. Va uchinchisi, nimadir qilish. Shunday ekan, qog‘ozga nimalar qilishni yoqtirishingiz yozing. Qilish yoqadigan narsalaringiz orasidan odamlarga keraklilarini tanlab oling. Uning orasidan esa sizga daromad keltirishi mumkin bo‘lganini ajratib oling. Keyin esa ularning orasidan sizda yaxshiroq o‘xshaydiganini tanlang va bo‘ldi, bor e’tiboringizni faqat shunga qarating. Bu yakunda sizning missiyangiz bo‘ladi”.

Ishga qabul qilishdagi muhim fazilatlar haqida

Tadbirkor xodimlarni yollashda uchta asosiy toifaga e’tibor qaratishini ta’kidladi: vijdon, aql va serg‘ayrat. Shu bilan birga, u ushbu toifalarni uchta fazilatga ko‘ra ko‘rib chiqadi.

U vijdonlida asosiy uchta fazilatni qayd etdi: kamtarlik, rostgo‘ylik va mas’uliyatlilik.

“Vijdonli nima ekanligiga to‘xtalib o‘tish muhim. Vijdonli — bu shunday harakat va sizning so‘zlaringizki, undan keyin boshqalar siz bilan hamkorlik qilishni xohlashadi. Hamma vijdonli inson bilan ishlashni xohlaydi. Agar vijdonli inson bilan hamkorlik qilish o‘xshamasa ham, odamlar u bilan muloqot qilishni xohlashadi. Vijdonli bo‘lish uzoq istiqbol uchun har doim foydalidir”, — dedi Margulan Seysembayev.

Nomzodning aqlliligini baholashda, u tezda anglab olishi, sog‘lom fikrlashi va qiziquvchanligiga qaraydi. “Qiziquvchanlik juda ham muhim. Qiziquvchanlik — bu inson xarakterining qobiliyatni namoyon etuvchi qismidir”.

Serg‘ayratlilik esa jismoniy faollik, hayotga bo‘lgan pozitiv munosabatni (optimizm), qolaversa, hissiyotlarga boy energiya (empatiya, boshqalarni tinglay bilish) deganidir.

margulan сейsembayev, tadbirkor аёллар, ўзбекистон

Kelajak kasblari haqida

Kelajak kasblari haqida fikr yuritib, margulan Seysembayev neyron tarmoqlarning rivojlanishi odamlar o‘rtasidagi muloqot qiymatining keskin o‘sishiga olib kelishini ta’kidladi.

“Oflayn-muloqotning qiymati oshib borayotgan ekan, komyuniti-menedjer (jamoa menejeri) kasbi yaxshi istiqbolga ega. Bizning platformada (Margulan Seysembayevning ta’lim plarformasi — tahr.) trening tashkillashtiradigan, muloqot qiladigan, odamlarni jipslashtiradigan, ularga yordam beradigan odamlar bor. Oflayn aloqa, odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati bilan bog‘liq hamma narsa talabga ega bo‘ladi”.

Bundan tashqari, tadbirkor “odamlar uchun hayot mazmuni”ni yaratishga qodir bo‘lgan mental mutaxassislarning muhimligini ta’kidladi.

“Menimcha, ko‘p insonlar duch kelishi kutilayotgan asosiy muammo — hayot mazmunini yo‘qotish bo‘ladi. Biz yangi hayot mazmunlarini topishimiz kerak. Shunga ko‘ra, ma’no-mazmun yaratishni biladigan odamlar birinchi qatorga chiqishadi”.