7-aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlat rahbari xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida ishtirok etadi. Shuningdek, ijod maktabi va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev oxirgi marta hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib qaytgandi.