Raximjon Maxamadjonovich Boboyev Sirdaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu bilan birga, u viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Raximjon Boboyev ushbu lavozimga tayinlangunga qadar 2020-yil aprel oyidan Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Raximjon Boboyev 1976-yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bakalavriatini, 2001-yilda shu universitetning magistraturasini tamomlagan.