7-apreldan 154-sonli “Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi — Olchazor mahallasi” yangi avtobus yo‘nalishi harakati tashkil etildi. Bu haqda “Toshshahartransxizmat” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Yo‘nalish harakati “Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi” bekatidan 4P21 3-halqa yo‘li, Qipchoq, M.Tursunzoda, Shokirariq ko‘chalari orqali “Olchazor” mahallasiga qadar, ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha etib belgilandi.

Mazkur yo‘nalishda xizmat ko‘rsatish huquqi jamiyatning “4-Avtobus saroyi” filialiga biriktirilib, yo‘nalishda kichik sig‘imli Isuzu rusumli avtobuslar harakatlanishi belgilandi.

avtobus қатнови, зангиота-2

Eslatib o‘tamiz, Ixtisoslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi vaqtinchalik ko‘chirilgani jamoat transporti mavjud bo‘lmagani yuzasidan shifoxona xodimlari va bemorlar tomonidan bir necha bor shikoyat qilingan.

O‘rganish natijasiga ko‘ra, Toshkent metropolitenining Chilonzor yo‘li Sergeli 5-bekatidan poliklinikagacha bo‘lgan masofa 6,9 kilometrni tashkil etadi.

Avalroq yo‘nalish 21-martgacha ishga tushirilishi aytilgandi.

Toshkentdagi Maxsuslashtirilgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi binolarida isitish tizimining butunlay yaroqsiz holga kelib qolgani va xonalar ta’mirtalab ahvolda bo‘lgani sababli 2-son Zangiota kasalxonasiga ko‘chirilgan.