Shavkat Mirziyoyev 4-aprel kuni Birlashgan Arab Amirliklari hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish yo‘nalishlarida va boshqa sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.

муҳаммад bin абдуллоҳ al-гаргавий, “Do‘stlik” ordeni

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston prezidenti tomonidan joriy dasturlarni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni yangilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Yakunda vazir al-Gargaviyga O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan hissasi uchun “Do‘stlik” ordeni topshirildi.