O‘zgidromet xizmati agentligi hafta davomida — 3−7-aprel kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Dushanba kuni va hafta davomida respublika bo‘yicha ob-havoni yuqori siklon belgilaydi, buning natijasida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. 3−4-aprel kunlari Navoiy, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi kuchli bo‘ladi.

Kunduzgi havo harorati hafta davomida +20…+23 darajadan +15…+18 darajagacha o‘zgarib turadi. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar, shuningdek do‘l yog‘ishi bilan kuzatiladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 3−6-aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘ hududlarda 5−6-aprel kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

3−4-aprelda tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 3−7-aprelda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.

Poytaxtda 4-apreldan 6-aprelgacha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, do‘l yog‘ishi mumkin. Shamol o‘zgaruvchan yo‘nalishda kuchsiz 5−10 m/s dan biroz 12−15 m/s gacha esadi. Dushanba kuni kunduzgi havo harorati +21…+23 darajani tashkil etadi, hafta o‘rtasiga kelib +16…+18 darajagacha pasayadi.