Huquq faoli Abdurahmon Tashanov o‘zining Facebook`dagi sahifasida Qashqadaryo viloyati Koson tumani hokimi ro‘zador fermerlarning og‘zini majburan ochtirgani haqida post qoldirdi.

Uning yozishicha, 31-mart kuni soat 15:00 atrofida majlis chaqirgan hokim Asrol Boyqorayev qishloq xo‘jaligidagi muammolar, qurg‘oqchilik, yerlarning meliorativ holati haqida g‘azab bilan nutq so‘zlagan.

“So‘ng xizmatkorlariga majlis zaliga suv keltirishni buyurdi. „Senlar ro‘za tutvolib, sipo bo‘lib yurasanlar. Ishni kim qiladi?“ deya ro‘zadorlarni suv ichishga majbur qildi. Koson hokimi bu ishi bilan fermerlarni suvga tushirib, mamlakatimizni dunyoga tanitgan hokimning rekordini yangiladi”, — deb yozgan u.

косонсой tumani, ro‘zador, hokim

“Adliya boshlig‘i boshqa bir rahbar bilan yetim qizlarni zo‘rlayotganda, ehtimol, bu hol hech kimni ajablantirmas. Ammo shuni tushunyapmanki, bularga yangi Konstitutsiya emas, psixdo‘xtir va qamoq zarur”, — deya ta’kidlagan Abdurahmon Tashanov. Post oradan vaqt o‘tib sahifada ko‘rinmay qolgan.

Tuman hokimligi matbuot kotibi Dilshod Nabiyev o‘zining Telegram kanalida holatga munosabat bildirar ekan, ushbu xabarni inkor qildi.

косонсой tumani, ro‘zador, hokim

“Xabar muallifi bu borada biror asosni keltirmadi. Koson tumani hokimi joriy yilning 31-mart kuni hech bir fermerni tuman hokimligiga chaqirmagani va ularning ro‘zasini ochishga majburlamaganini ma’lum qiladi”, — deya yozilgan edi postda.

U fermerlarning barchasi shu kuni o‘z dala maydonida bo‘lganini qo‘shimcha qilgan. Biroq oradan ko‘p o‘tmay post o‘chirilgan.