Qoraqalpog‘istonda Cobalt va MAN yuk mashinasi o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oqibatda bir fuqaro vafot yetgan. Bu haqda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea 26 mart kuni soat 16:15 larda To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lining 573−574 kmda sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida yashovchi Sh. T Cobalt avtomobilini boshqarib borayotganda o‘zi bilan bir yo‘nalishda ya’ni oldida harakatlanib, chapga tarafga burilayotgan MAN yuk mashinasining orqa tomonidan kelib urilgan.

Oqibatda Cobalt yo‘lovchisi S.X og‘ir tan jarohatini olib tuman shifoxonasining shoshilinch tez yordam bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan u o‘ziga kelmasdan vafot yetgan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB qoshidagi Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.