Durres shahrida (Albaniya) og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Diyorbek Ermatov bitta oltin va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

-81 kg vazn toifasida supaga chiqqan Ermatov dast ko‘tarish mashqida 145 kg bilan eng yuqori natija ko‘rsatdi.

Siltab ko‘tarishdagi 169 kg (bronza) va ikki kurashdagi umumiy 314 kg (145+169) unga yakunda yana bir bronza medalini taqdim etdi.

Bahslarda birinchi o‘rinni gruziyalik Levan Ochigava (322 kg: 143+179) egallagan bo‘lsa, ikkinchi o‘rinda janubiy koreyalik Da He Kvon (316 kg: 142+174) qayd etildi.