10-apreldan Qamchiq va Jizzax dovonlari, Chimyon va Chorvoqda turistik avtobus va mikroavtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi, deb xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Bunda xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda Qamchiq dovoni orqali 15 kishigacha turistik mikroavtobuslarga ruxsat etish nazarda tutilgan.

Shuningdek, temir yo‘l va avtotransport sohasida:

  • 1-iyungacha 34 ta zamonaviy elektrichka sotib olish bo‘yicha tenderlar yakunlanib, yil oxiriga qadar kamida 8 tasi olib kelinadi;
  • 1-apreldan turoperator, mehmonxona va tashuvchilarga 10 va undan ortiq o‘rindiqli hamda ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan avtotransportni olib kirishda bojxona imtiyozlari beriladi;
  • 2023-yilda sayyohlik tashkilotlariga ushbu avtobuslarni olish uchun 30 million dollar kredit resurslari taklif qilinadi.

Bundan tashqari, sayyohlik kompaniyalari, mehmonxonalarga aylanma va investitsiyani ko‘paytirish uchun qo‘shimcha 300 milliard so‘mlik kredit liniyalari ochiladi. Bu kreditlar bo‘yicha foizlarning bir qismini Tadbirkorlik jamg‘armasidan qoplash tartibi joriy qilinadi.