O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi Toshkent shahrida foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlari hisobidan budjetga undirilgan ortiqcha mablag‘lar qisman qaytarilganini e’lon qildi.

Avval xabar berganimizdek, tadbirkorlik subyektlari soliq idoralari o‘z hisobvaraqlaridan daromad solig‘ini qonunga xilof ravishda ushlab qolayotganidan shikoyat qilganidan so‘ng qo‘mita tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar uchun mas’ul rahbarlar ishdan bo‘shatildi.

Tadbirkorlik subyektlariga ortiqcha undirilgan avans to‘lovlarini soat 13:00 ga qadar qaytarish bo‘yicha topshiriq berilgandi.

Soliq kodeksiga asosan, 28 mart kuni soat 15:00 ga qadar 367 ta korxona bo‘yicha ortiqcha undirilgan 28,5 mlrd so‘mlik foyda solig‘i bo‘nak to‘lovlaridan 352 ta korxonaga 27,1 mlrd so‘m qaytarilgan.

Qolgan 1,4 mlrd so‘m mablag‘ bugun qaytariladi, deyiladi qo‘mita xabarida.