O‘zbekiston Bosh prokuraturasi собиқ Toshkent shahar madaniyat bosh boshqarmasida (hozirda madaniyat va turizm boshqarmasi) o‘tkazilgan o‘rganishda qonun talablari buzib kelinganini aniqladi.

Xususan, Madaniyat bosh boshqarmasi tomonidan tender tanlovlari o‘tkazilmasdan, festival tadbirlarini o‘tkazish uchun turli firmalar bilan 20 mlrd so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzilgan.

Ushbu festivallar 2022 yilning may-sentabr oylarida amalda o‘tkazib bo‘lingan bo‘lsa-da, qonun buzilishlarni yashirish maqsadida etender.uzex.uz maxsus axborot portaliga 24 oktabr va 3 noyabr kunlari poytaxtda 5 ta festival tadbirlarini o‘tkazish haqida nomigagina e’lon va hujjatlar joylashtirilgan hamda shartnomalar tuzilgan.

O‘tkazilgan festivallar doirasida ham amalda bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun 8 mlrd so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, Toshkent madaniyat bosh boshqarmasi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.