O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2 may kunlari Germaniyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 21 mart kuni Navro‘z bayramini nishonlash chog‘ida O‘zbekiston nemislari madaniyat markazi raisi Lena Mironova bilan suhbatda aytib o‘tdi, bunga «Gazeta.uz» e’tibor qaratdi.

«1−2 may kunlari tashrifim bor. Do‘stim Shtaynmayer (Germaniya federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer — tahr.) taklif qildi. Men albatta u yerda bo‘laman», — dedi davlat rahbari.

Lena Mironova bosh vazir Abdulla Aripovning mart oyi boshida Germaniyaga tashrifi davomida «ko‘plab kelishuvlar» imzolanganini ta’kidladi

«Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan. Bizda allaqachon tizim mavjud. U yerda bizni to‘g‘ri tushunishadi va men buni juda qadrlayman. Chunki aql ustun bo‘lishi kerak… Bularning hammasi bo‘lmoqda. Eng yomon holatda ham o‘zimiz uchun xulosa chiqarishimiz kerak, shunda tinchlik, do‘stlik bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

гермаniя, шавкат мирзиёев

Nemis madaniyat markazi rahbari «hamma narsani ona yurti uchun qiladigan» O‘zbekiston prezidentining «oqilona neytral siyosati»ni qayd etdi. «Bu og‘ir zamonda boshqa yo‘l yo‘q», — deb javob berdi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga 2019 yilning yanvar oyida rasmiy tashrif bilan borgan edi.