Xokkey bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Osiyo va Okeaniya U-18 chempionati g‘olibiga aylandi. Musobaqa Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida 11−17 mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

Milliy terma jamoa beshta uchrashuvning barchasida g‘alabaga erishib, Turkmaniston (5:0), Eron (14:1), Mo‘g‘uliston (7:4), Tailand (10:2) va Birlashgan Arab Amirliklari (8:0) yoshlar terma jamoalarini mag‘lub etdi va chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Turkmanistonga, “bronza” esa Mo‘g‘ulistonga nasib etdi.

chempion, hokkey, o‘zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkeychempion, hokkey, o‘zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Jasurbek Rustamxonov turnir golurari bo‘ldi. U beshta uchrashuvda 26 ta samarali harakat qildi (14 ta gol va 12 ta golli uzatma).

chempion, hokkey, o‘zbekiston xokkey federatsiyasi, xokkey

O‘zbekiston xokkey federatsiyasining ma’lum qilishicha, ushbu chempionat xokkey bo‘yicha milliy terma jamoaning o‘zbek xokkeyi tarixidagi Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) shafeligida o‘tkazilgan rasmiy turnirdagi ilk chiqishi bo‘ldi.