O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Iroq terma jamoalari o‘rtasidagi U20 Osiyo kubogi final uchrashuvi bo‘lib o‘tayotgan Toshkentdagi «Milliy» stadioniga keldi. UzReport telekanali tomonidan e’lon qilingan videorolik bunga guvohlik bermoqda.

Videoda prezidentning yonida uning qizi Saida Mirziyoyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, futbol assotsiatsiyasi rahbari Abdusalom Azizov, Kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbari Qudratilla Rafiqov, Yoshlar siyosati va sport masalalari vaziri Adham Ikromov va boshqa mutasaddilarni ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari yarim finalda turnir favoriti hisoblangan Janubiy Koreya terma jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan edi.