To‘qaytepa arxeologik yodgorligidan tarixiy ko‘za topildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahri madaniy meros boshqarmasi axborot xizmati.

Bu hudud Toshkent viloyatidan (Qibray tumanining bir qismi) Toshkent shahriga (Yashnobod tumaniga) o‘tgan qismda joylashgan.

Ko‘za balandligi 80 sm, diametri 188 sm bo‘lib, e’tiborli tomoni, yaxshi holatda saqlanib qolgan.

ko‘za, топилма, To‘qaytepa

Topilma belgilangan tartibda rasmiylashtirilib, O‘zbekiston davlat tarixi muzeyiga topshirildi. Hozirda muzey ilmiy xodimlari tomonidan topilmaning yasalgan davri aniqlanmoqda.