2023 yil 1 apreldan Toshkent metropolitenining to‘liq faoliyat ko‘rsatishi vaqti davomida pensiya oluvchilarga bepul xizmat ko‘rsatiladi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Bu bo‘yicha prezidentning 15 mart kuni tegishli qarori qabul qilindi. Bunda Toshkent metropolitenining mazkur bandda ko‘rsatilgan xizmatlarni ko‘rsatish evaziga olinmay qolgan daromadlari davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab boriladi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 15 martdan 10:00—16:00 oralig‘ida pensionerlar metropolitendan bepul foydalanishlari mumkin bo‘lgandi. Buning uchun pensiya guvohnomasining ko‘rsatilishi kifoya ekani qayd etilgan.

O‘sha vaqtda pensionerlar uchun ko‘rsatib o‘tilgan vaqt davomida metropolitendan bepul foydalanishni joriy etish to‘g‘risidagi rejalar haqida Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturlaridan birida to‘xtalib o‘tgan.