Rigadan Toshkentga uzoq vaqt davomida firibgarlik jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs olib kelindi. Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.

Qayd etilishicha, erkak o‘zini AQShning Toshkentdagi elchixonasi xodimi deb tanishtirib, hujjatlarni rasmiylashtirish va chetga chiqish ruxsatnomasini olish bo‘yicha xizmatlarni taklif qilgan.

O‘zbekistondan chiqib ketganidan keyin ham xorij davlatining qalbaki pasportidan foydalanib, bu xizmatni ko‘rsatishda davom etgan.

«Qidiruvda bo‘lgan shaxsni aniqlash bo‘yicha uzoq davom etgan jarayonga qaramay, uning chet el pasportini soxta, shaxsiy ma’lumotlarini esa haqiqiy emas deb topib, Toshkent va Riga Intnerpolning MMB birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasida huquqbuzarning shaxsi aniqlanib, qo‘lga olindi», — deyiladi xabarda.