Turkiya bir yil ichida zilziladan jabr ko‘rgan hududlar infratuzilmasini tiklash niyatida

Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdog‘an seshanba kuni mamlakatning fevral oyida vayronkor zilzilalardan jabr ko‘rgan janubi-sharqidagi infratuzilmani bir yil ichida tiklash rejalashtirilayotganini aytdi, deya ma’lum qildi TASS.

«Zilzilalar Turkiya iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazdi. Biz bir yil ichida mintaqa va barcha jabrlangan aholi punktlari infratuzilmasini tiklashni rejalashtirganmiz. Bu jarayonda nafaqat davlat, balki tadbirkorlarning ham hissasi muhim», — dedi Turkiya rahbari Istanbulda tashkil etilgan 26-Yevrosiyo iqtisodiy sammiti ishtirokchilariga videomurojaatida.


Parijda ko‘cha tozalovchilarning ish tashlashi tufayli 6000 tonnaga yaqin chiqindi to‘plandi

Fransiyada pensiya islohotiga qarshi chiqqan ko‘cha tozalovchilarning ish tashlashi tufayli Parij ko‘chalarida 6 ming tonnaga yaqin chiqindi to‘planib qolgan. Bu haqda seshanba kuni Midi Libre gazetasi xabar berdi.

Nashrning qayd etishicha, «Parij ko‘chalarida 6 ming tonnaga yaqin chiqindi to‘planib qolgan». Bunga 7 mart kuni boshlangan ko‘cha tozalovchilarning ish tashlashi sabab bo‘lmoqda.

Ayni paytda axlat ishchilari pensiya yoshiga qisqartirilgan (62 o‘rniga 57 yosh). Pensiya islohotiga ko‘ra, ularning pensiya yoshi 59 yoshga ko‘tariladi.


Moody`s AQSh banklari prognozini «salbiy» deya baholadi

Moody`s xalqaro reyting agentligi Amerika bank sektorining kredit reytingini «barqaror»dan «salbiy»ga o‘zgartirdi. Bu haqda 14 mart kuni mahalliy CNBC telekanali xabar berdi.

«Biz Silicon Valley Bank (SVB), Silvergate Bank va Signature Bank (SNY) depozitlari chiqib ketishi, shuningdek SVB va SNY bankrotligidan so‘ng tez yomonlashayotgan operatsion muhitni aks ettirish uchun AQSh bank tizimi bo‘yicha prognozimizni barqarordan salbiyga o‘zgartirdik», — deyiladi xabarda.

Xabarga ko‘ra, Moody`s investorlar ishonchining pasayishi AQSh banklarining aktivlarini boshqarish risklarida ham o‘z aksini topmoqda, deb hisoblaydi.


Nepalning yangi prezidenti qasamyod qildi

Nepalning yangi saylangan prezidenti Ram Chandra Poudel dushanba kuni qasamyod qilib, besh yillik vakolatini boshladi, deya xabar qildi Sinxua agentligi.

Prezident devonida Ram Chandra Poudelning qasamyod qabul qilish marosimini Bosh sudya vazifasini bajaruvchi Hari Krishna Karki o‘tkazdi. Ram Chandra Poudel Bidhya Devi Bhandaridan keyin prezident etib saylandi.

78 yoshli R. S. Poudel 9 mart kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarida sakkizta hukmron partiyadan nomzod sifatida g‘alaba qozondi va Nepalning uchinchi prezidenti bo‘ldi.


Rossiya don shartnomasini 60 kunga uzaytirishga rozi bo‘ldi

Ukraina portlaridan dengiz orqali don eksporti bo‘yicha kelishuv 60 kunga uzaytirildi, deya xabar berdi RIA Novosti tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Grushkoga tayanib.

жаҳон, дайжест

Biroq Ukraina tomoni o‘z hududidan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv oxirgi marta, 2022 yil noyabridagi kabi kamida 120 kunga uzaytirilishini talab qilmoqda, deb yozadi Euronews.

«Kiyev BMT va Turkiyaning rasmiy pozitsiyasini eshitishni istaydi, bu kelishuvda muhim tranzit mamlakat hisoblanadi», — deyiladi telekanal xabarida.

Turkiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar hali ham davom etmoqda.


Aliyev Qorabog‘da sobiq ozarbayjonlik qochqinlarni joylashtirishni ma’lum qildi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev to‘rt yuzdan ortiq sobiq ozarbayjonlik qochqinning Qorabog‘ga ko‘chirilishini e’lon qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

жаҳон, дайжест

«Kelajakdagi asosiy rejalarimizdan biri Qorabog‘ning ozod qilingan hududlarini tiklashdir… Hozirda zamonaviy Livan maydoniga teng bu hudud butunlay vayronaga aylangan. Biz allaqachon dastur ishlab chiqqanmiz va allaqachon birinchi sinov loyihani amalga oshirib, to‘rt yuzdan ortiq sobiq qochqinlarni joylashtirdik. Yana yuz minglab sobiq qochqinlarni joylashtirishni rejalashtirmoqdamiz», — dedi Aliyev Berlinda Germaniyaning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvda.


Moldovada mamlakatni beqarorlashtirishga uringan yetti nafar gumondor hibsga olindi

Moldova politsiyasi tomonidan mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan harakatlarni tayyorlashda gumon qilinib qo‘lga olingan yetti kishi 30 kunga qamaldi. Moldovaning PRO TV telekanaliga ko‘ra, seshanba kuni Kishinyov tuman sudi shunday qaror qabul qilgan.

Avvalroq Moldova politsiyasi bosh komissarligi rahbari Viorel Cherneutsanu Rossiya maxsus xizmatlari muxolifat mitinglari paytida vaziyatni beqarorlashtirish harakatlariga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganini ma’lum qilgandi. Ularning faoliyatini yaqinda respublikaga kelgan va keyinroq hibsga olingan RF fuqarosi muvofiqlashtirgani aytilmoqda.

Fevral oyida Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish xavfi haqida ma’lum qilgan va parlamentni maxsus xizmatlarga qo‘shimcha vakolatlar berishga chaqirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika davlat hokimiyati organlari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning RF Moldovadagi ichki siyosiy vaziyatga moslashish rejalari haqidagi taxminlari haqidagi ma’lumotlarini tasdiqlagan.


Tailanddagi elektr stansiyasida radioaktiv izotopli quvur yo‘qoldi

Tailandning Prachinburi shahridagi National Power Plant 5A elektr stansiyasida o‘ta xavfli izotop hisoblangan radioaktiv seziy-137 bo‘lgan quvur g‘oyib bo‘ldi, deya xabar bermoqda mahalliy Bangkok Post nashri politsiyaga tayanib.

жаҳон, дайжест

«Bug‘ elektr stansiyasi minorasi rezervuaridagi seziy-137 bo‘lgan quvur to‘satdan g‘oyib bo‘ldi. Seziy-137 unga qo‘l tekkizgan yoki unga ta’sir qilgan odamlar uchun o‘ta xavflidir», — dedi mahalliy politsiya polkovniki Mongkola Txopao.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Tailand Atom energiyasi byurosi xodimlari elektr stansiyasini tekshirgan, biroq birorta ham yangi radioaktiv iz topmagan. Politsiya metallolom sotib oladigan va sotadigan do‘konlarni ham tekshirdi, ammo hech narsa topmagan.


Xitoy Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashqlaridan jiddiy xavotir bildirdi

Pekin AQSh va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi qo‘shma mashg‘ulotlardan nihoyatda xavotirda. Bu haqda seshanba kuni brifingda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.

«Biz AQSh va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar jarayonidan jiddiy xavotirdamiz», — dedi u. Uning so‘zlariga ko‘ra, oroldagi keskinlikning asosiy sabablari Pxenyanning yadrosizlanish choralarini inkor etayotgani, shuningdek, KXDRga nisbatan bosim va cheklov siyosatining doimiy kuchayishidir.

«Yarim oroldagi hozirgi vaziyat juda murakkab va nozik. Barcha manfaatdor tomonlar o‘zini tutishi, [Koreya] yarim orolidagi tinchlik va barqarorlikka ko‘proq hissa qo‘shishi kerak, aksincha emas», — deya xulosa qildi diplomat.


Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengiz ustida Amerika razvedkachi UUAni urib tushirdi

AQSh Qurolli kuchlarining Yevropa qo‘mondonligi Rossiyaning Su-27 qiruvchi samolyoti Qora dengiz uzra Amerikaning MQ-9 Reaper uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirganini ma’lum qildi, deya xabar qildi BBC. Bayonotga ko‘ra, voqea 14 mart kuni ertalab sodir bo‘lgan. Rossiya harbiylari va rasmiylari hozircha vaziyatga izoh bermagan.

MQ-9 ReaperMQ-9 Reaper

AQSh harbiylarining da’vo qilishicha, Rossiyaning ikkita Su-27 samolyoti Qora dengiz ustidagi xalqaro havo hududida AQSh Harbiy-havo kuchlarining razvedka, kuzatuv va tekshirishga mo‘ljallangan UUAni «xavfsiz va noprofessional tutib olish»ni amalga oshirgan.


Nyu-Yorkda 2017 yil terakt amalga oshirgan Sayfullo Soipov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

AQShning Nyu-York shahrida 2017 yil 31 oktabr kuni terakt amalga oshirib, 8 nafar kishini o‘ldirgan o‘zbekistonlik Sayfullo Soipov 13 mart kuni AQSh federal sudi tomonidan umrbod ozodlikdan mahrum qilindi.

«Sayfullo Soipov sakkiz odamning qotili va yana ko‘plab oilalarni cheksiz uqubatda qoldirgan shaxs. Bu dahshatli terror hujumi. U ISHIDga sodiq ekani va aynan mana shu terrorchilik guruhiga kirish uchun bu ishlarni amalga oshirganini hujum paytida ham va butun sud davomida aytib turdi», — dedi Federal prokuror Demiyen Uilyams.