14 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Niderlandiyaning favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) etib tayinlangan Andre Karstensning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda siyosiy muloqotni faollashtirish va iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish orqali ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Saidov savdo-sarmoyaviy hamkorlik va parlamentlararo muloqotni institutsionallashtirish taklifini bildirdi.

»нидерландия,

Bungacha favqulodda va muxtor elchi lavozimini 2021 yil oktabrda tayinlangan Xilles Arno Besxoor Plux egallab kelayotgandi.

Avvalroq Ahmed Faruq Pokistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangani, TIVda undan ishonch yorliqlari nusxalari qabul qilib olingani haqida xabar bergan edik.