O‘zgidromet xizmati agentligi hafta davomida — 27 fevral−3 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

O‘tgan hafta oxirida qisqa muddatga sovuqni olib kelgan havo massasi O‘zbekiston hududidan chekinmoqda. Dushanba kunduz kuni respublika bo‘yicha kam bulutli va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kunning o‘rtasiga kelib, havo +12…+15 darajagacha isiydi.

28 fevral va 1−2 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘istonning ayrim tumanlarida 2 mart kuni biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 2 martda kechasi +2…+7 darajani, kunduzi +17…+22 darajani tashkil etadi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 27−28 fevral kunlari qor ko‘chishi xavfi bor.

3 martda respublikaga Kavkaz hududlaridan biroz nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha bulutlilik kuchayadi, tog‘oldi va tog‘li hududlardagi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Kunduzgi harorat biroz pasayadi va +12…+17 darajani tashkil etadi.

2−3 mart kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.