Farg‘ona, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida 16−23 fevral kunlarisodir bo‘lgan 4 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 6 nafar kishi vafot etdi. Bu haqda IIVning «Hafta ichida» ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

2023 yil 16 fevral kuni soat 21:20 larda Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahri hududidan o‘tgan 4R-140A avtomobil yo‘lining 2-kilometrida joylashgan Mustaqillik va To‘ralar ko‘chalari chorrahasida haydovchilik guvohnomasi yo‘q 2006 yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisi Damas avtomobilini boshqarib ketayotib, chorrahadan chapga qayrilishi oqibatida qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelayotgan, 2005 yilda tug‘ilgan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 11-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashib YTH sodir etgan.

Oqibatda Tico old o‘rindig‘ida bo‘lgan 10-sinf o‘quvchisi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan.

йтҳ

17 fevral kuni soat 13:45 larda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hududidan o‘tuvchi 4K-278 avtomobil yo‘lining 51-kilometrida haydovchi Nexia avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, rul boshqaruvini yo‘qotgan. Shu sabab yo‘l chetidagi adirlikka ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

йтҳ

19 fevral kuni soat 10:30 larda Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani hududidan o‘tuvchi A380 avtomobil yo‘lining 526-kilometrida haydovchi Cobalt avtomobili rulida uxlab qolishi sabab boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi adirlikka ag‘darilgan.

Oqibatda haydovchi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Haydovchining turmush o‘rtog‘i esa shifoxonaga yotqizilgan.

йтҳ

23 fevral kuni soat 04:20 larda Samarqand viloyati Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 44-kilometrida Buxoro-Samarqand yo‘nalishida haydovchi Lacetti avtomobilini boshqarib ketayotganda uxlab qolgan. Shu sabab u rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning o‘ng chekka qismnida to‘xtab turgan yuk avtomobili tirkamasining orqa qismiga borib urilgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi va ikki nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan.

йтҳ