Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, yanvar oyida o‘zbekistonliklar 118 ming dona avtomobil sotib olgan.

O‘tgan yilning dekabriga nisbatan bu ko‘rsatgich 18 foizga o‘sdi. Samarqandda 85 foiz, Farg‘onada 44 foiz va Namangan viloyatlarida 31 foiz sezilarli o‘sish kuzatildi. 2022 yil yanvar oyiga nisbatan yengil avtomobillar savdosi soni 19,7 foizga oshdi.

avtomobillar, бозор, таҳлил

Yil boshidan buyon mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi 23,4 mingtani tashkil etib, 71 foizga oshdi (2022 yil yanvar oyiga nisbatan — 2 foizga o‘sdi).

Xorijda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar sotuvi 2022 yil dekabr oyida 75 foizga o‘sish bilan 2,5 mingtani tashkil etdi (2022 yil yanvariga nisbatan o‘sish 60 foiz).

avtomobillar, бозор, таҳлил

Yanvar oyida ikkilamchi bozorda 92 mingta avtomobil sotildi, bu 2022 yilning dekabr oyiga nisbatan 8,9 foizga ko‘pdir. 2022 yil yanvar oyiga nisbatan o‘sish 24 foizni tashkil etdi.

avtomobillar, бозор, таҳлил

Yanvar oyida yengil elektromobillar sotuvi 431 donani tashkil etdi, bu 2022 yil dekabrga nisbatan 3 foizga (+13 dona) ko‘proq.

Eng ko‘p elektromobillar Toshkent shahrida (319 dona) sotilgan. Bu umumiy sotuvning deyarli to‘rtdan uch qismini tashkil qiladi. Poytaxtdan so‘ng elektromobillarga katta talab Toshkent (44 dona) va Farg‘ona viloyatlarida (13 dona) kuzatildi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi hisob-kitoblariga ko‘ra, hukumat tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar tufayli elektromobillar bozorining yanada o‘sishi prognoz qilinmoqda. Xususan, elektromobillar va ehtiyot qismlarni mamlakatda ishlab chiqarishni tashkil etish, xaridorlarga mahalliy elektromobillar sotib olishda kredit foizlarini qoplash uchun kompensatsiya to‘lash qo‘llab-quvvatlanmoqda.