O‘zbekistonlik 45 nafar harbiy xizmatchi «Do‘stlik-2023» qo‘shma ikki tomonlama o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etish uchun Hindistonga yetib keldi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga.

Mashg‘ulotlar Uttarakxand shtatining Pitxoragarx shahridagi tog‘li hududda joylashgan Garhwal Rifles14-bataloni bazasida o‘tkaziladi. Qo‘shma manevrlar 5 martga qadar davom etadi.

Hamkorlikdagi mashg‘ulotlar doirasida ikki davlat harbiy xizmatchilarining shartli terroristik guruhlarini qidirib topish, yo‘q qilish, tog‘li to‘siqlarni yengib o‘tish hamda tog‘li o‘rmon sharoitlarida jangovar operatsiyalarni bajarish kabi maxsus vazifalar hamda sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi harbiy mashg‘ulotlar 2019 yilda Toshkent harbiy okrugi hududidagi umumqo‘shin poligonida birinchi marotaba o‘tkazilgan edi. Ikkinchi bor 2021 yilda Hindistonning Utaranchal shtati Ranikxet provinsiyasi hududida joylashgan «Chaubatiya» o‘quv markazida o‘tkazilgan. Uchinchi marta esa «Do‘stlik-2022» birgalikdagi o‘quv mashg‘ulotlari Xorazm viloyatida joylashgan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning «Yangiariq» umumqo‘shin poligonida tashkil etilgan.

Foto:

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон

harbiy mashg‘ulotlar, ҳиндистон