O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Misr Arab Respublikasiga rasmiy tashrifining birinchi kunini ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvdan boshladi, deb xabar berdi uning matbuot xizmati.

Misr tomonidan tadbirda xalqaro hamkorlik bo‘yicha vazir Raniya al-Mashat, Savdo palatalari federatsiyasi prezidenti Ibrohim Mahmud al-Arabiy, Elsewedy Electric, El Araby Group, Orascom Construction, Poliserve Group, Al-Rowad, Lotus Garments Group kabi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.

миср, ўзбекистон-миср

Uchrashuvda ishbilarmonlik va tadbirkorlik aloqalarini kengaytirish, O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi o‘zaro investitsiyalarni faollashtirish va savdoni oshirish uchun imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

Qayd etilishicha, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlari karrasiga oshdi, qo‘shma loyiha va korxonalar soni 6 barobar ko‘paydi.

Davlat rahbari O‘zbekiston-Misr biznes forumi natijalarini, uning yakunida umumiy qiymati 1,6 milliard dollarlik 20 dan ziyod bitim va shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan aniq kelishuvlarga erishilganini aytib o‘tdi. Energetika, elektrotexnika, kimyo, tog‘-kon, to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, charm-poyabzal tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.

миср, ўзбекистон-миср

Misr biznesining O‘zbekiston bozoridagi faoliyatini kengaytirish uchun imkoniyatlar ochayotgani qayd etildi.

миср, ўзбекистон-миср

Xususan, Elsewedy Electric kompaniyasi elektr energiyasi, transformatorlar va kabel mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha Misrdagi eng yirik korxona bo‘lib, shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, transformatorlar, kabel-sim mahsulotlari va qo‘shimcha qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishga tayyor ekani bildirildi.

миср, ўзбекистон-миср

Orascom Construction O‘zbekistonda industrial park yaratgan holda uning hududida lok-bo‘yoq mahsulotlari va qurilish materiallari uchun kimyoviy moddalar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, shuningdek, 100 MVt quvvatli shamol elektr stansiyasini qurishdan manfaatdor ekani qayd etildi.