Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida Opel Astra va Matiz avtomobillari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Unda Matiz`dagi yo‘lovchi vafot etdi. Bu haqda «Gazeta.uz»ga Qoraqalpog‘iston Ichki ishlar vazirligi YHXB axborot xizmati inspektori Tursunbay O‘temuratov xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 09 fevral kuni soat taxminan 16:01 da Beruniy tumani hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro ahamiyatiga molik G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomobil yo‘lining 639−640 kmda 1992 yil tug‘ilgan Tojikiston fuqarosi B.R. boshqaruvidagi Opel Astra va 1999 yil tug‘ilgan D.A. boshqaruvidagi Matiz o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi yuzaga kelgan.

йтҳ, қорақалпоғистон

Oqibatda ikkala haydovchi ham tan jarohatini olib, tuman kasalxonasiga yotqizilgan. 1972 yil tug‘ilgan Matiz yo‘lovchisi esa olgan jarohatlari sabab vafot etgan.

Holat bo‘yicha Beruniy tumani IIB qoshidagi tergov bo‘limi tomonidan tergov surushtiruv ishlari olib borilmoqda.