Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasida 18 fevral kuni kechqurun Qatag‘on qurbonlari xotirasi bog‘i yonida to‘rtta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

Poytaxt IIV YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Cobalt, Spark, Lacetti va Matiz avtomobillari to‘qnashib ketgan, hodisa oqibatida Cobalt yonib ketgan.

Yong‘in yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar tomonidan o‘chirildi. Cobalt va Matiz haydovchilari jarohatlangan.

cobalt, lacetti, matiz, spark, аvaрия, йтҳ, тошкентда аvaрия

Hodisa sabablari ma’lum qilingani yo‘q. Chop etilgan suratlardan YTH tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi yaqinida sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin.