Qoraqalpog‘iston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga Cag‘indiq Turmanov tayinlandi. Bu haqda respublika Jo‘qorg‘i Kengesi matbuot xizmati xabar berdi.

U shu vaqtgacha mazkur vazirlikka rahbarlik qilgan Nurullan Umirzakovich Yerlepesovning o‘rnini egalladi.

Bunga qadar Cag‘indiq Turmanov Qoraqalpog‘istonda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vaziri vazifasida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz avvalroq, Azamat Oteuliyev Abilkasimovich Qoraqalpog‘istonda Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — investitsiya va tashqi savdo vaziri etib tayinlangandi.