Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) mutaxassislari Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston uchun oqibatlarini baholadi.

Turkiyadagi zilzila oqibatlarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri tashqi savdo, sarmoya, mehnat migratsiyasi va yalpi ichki mahsulot kabi sohalar bo‘yicha baholandi.

2022 yilda O‘zbekistonning Turkiyaga eksporti (1,5 mlrd dollar) asosan xomashyo (mis, rux va plastmassa), importi (1,7 mlrd dollar) esa mashina va uskunalar, kimyo, pigmentlar va farmatsevtika mahsulotlaridan iborat bo‘ldi.

Zilzilalarning halokatli oqibatlarini hisobga olgan holda, tahlilchilar 2023 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar aylanmasidagi ehtimoliy o‘zgarishlarni aniqladilar.

Zilziladan zarar ko‘rgan hududlarni tiklash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar O‘zbekistondan mis, rux, plastmassa, alyuminiy va oziq-ovqat mahsulotlari importiga talabni oshirishi mumkin.

To‘qimachilik sanoatining markazlaridan biri bo‘lgan Qahramonmarash zilziladan qattiq zarar ko‘rgani uchun mavjud vaziyat Turkiyaga paxta va ip-kalava eksportiga (2022 yilda 523,3 mln bo‘lgan) salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

O‘z navbatida, Turkiyadan olib kelingan rang beruvchi pigmentlar va gazlamalar tanqisligi tufayli O‘zbekistonda to‘qimachilik ishlab chiqarish zarar ko‘rishi mumkin.

Turkiyadagi zilzila fonida davlat xarajatlarining oshishi va inflyatsiyaning keskin oshishi mehnat muhojirlari daromadiga ta’sir qilishi va bu mamlakatdan pul o‘tkazmalari (2021 yilda 230 mln) oqimini kamaytirishi mumkin.

YAIM

Turkiyada sodir bo‘lgan zilzilaning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri The Thomson Reuters Trust Principles tomonidan 8 fevralda taklif qilingan farazlarga asoslangan uchta ssenariy asosida baholandi. Birinchi ssenariyga ko‘ra, 2023 yilda Turkiya YAIMdagi o‘sish 0,6 f.p.ga kamayishi taxmin qilinmoqda. Shuningdek, YAIM o‘sishining kutilayotgan 5 foizdan, ikkinchi va uchinchi ssenariylarga ko‘ra, YAIMning 1 f.p. va 2 f.p. ga qisqarishi ko‘rib chiqiladi.

Birinchi ssenariy bo‘yicha hisob-kitoblarga ko‘ra, Turkiya YAIM o‘sishining 0,6 f.p.ga qisqarishi O‘zbekistonda YAIM o‘sishining 0,03 f.p.ga pasayishiga olib keladi. Bunday sharoitda 2023 yilda O‘zbekistonning sof eksporti 0,103 foizga qisqarishi kutilmoqda. Shu bilan birga, tovarlar va xizmatlar eksporti va importi mos ravishda 0,098% ga va 0,021% ga kamayishi mumkin.

Ikkinchi ssenariy asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston YAIM o‘sishi 0,05 f.p.ga, sof eksporti esa 0,172 foizga qisqarishi mumkin. Bu tovar va xizmatlar eksportiga 0,164% va importiga 0,035% pasayish bilan ham ta’sir qiladi.

Uchinchi ssenariy bo‘yicha hisob-kitob natijalari eng pessimistik bo‘lib, shuni ko‘rsatadiki, 2023 yilda Turkiyada YAIM o‘sishining 2 f.p.ga qisqarishi O‘zbekistonda YAIM o‘sishi 0,1 f.p.ga kamayishiga olib keladi. Tovarlar va xizmatlar eksporti va importi ham sezilarli darajada, taxminan 0,33% va 0,07% pasayish tendensiyasiga ega.

Turkiy davlatlar tashkiloti davlatlarining tabiiy ofatlarni monitoring qilib borish va ularga qarshi kurashish imkoniyatlari

Tahlilchilar TDT davlatlarining tabiiy ofatlarni kuzatish va ularga qarshi kurashish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.

TDT mamlakatlari tabiiy hodisalarni monitoring va tahlil qilish, shuningdek, ularga o‘z vaqtida javob berish uchun muhim ilmiy va amaliy salohiyatga ega.

Buning zarurati ushbu mamlakatlarning o‘z tarixida turli xil halokatli tabiat hodisalariga bir necha bor duch kelganligi bilan bog‘liq. Ayniqsa, Markaziy Osiyo mamlakatlarida asosiy tabiiy xavf omili zilzila hisoblanadi. Mintaqa davlatlari seysmik faollikni o‘rganish va uning oldini olish bo‘yicha institutlarni faol rivojlantirmoqda, shuningdek, zilzilalarga qarshi kurashish va oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda.

Shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari hududida Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Osiyo markazi (1998 yilda tashkil etilgan) va Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish markazi (2013 yilda tashkil etilgan) faoliyat yuritadi.

Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha Osiyo markazining asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarda tabiiy ofatlardan so‘ng tiklash imkoniyatlarini kengaytirish, xavfsiz jamiyat qurish va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

TDT davlatlari tomonidan Turkiyaga yordam berish bo‘yicha birinchi bosqichdagi chora-tadbirlar

Birinchi navbatdagi yordam shoshilinch chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilishi kerak. Bu yerda ustuvor vazifa odamlarni qutqarish va ularga zarur birlamchi yordam ko‘rsatishdir. Shuningdek, jabrlangan mamlakatga yordam berish uchun hamkor mamlakatlarning mavjud resurslarini zudlik bilan safarbar etishdir. Ushbu yordam choralari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • Ixtisoslashgan qutqaruv guruhlari va maxsus texnikani vayronalarni tozalash va odamlarni qutqarish uchun ofat hududiga yuborish. 7 balldan yuqori zilzilalar ssenariysi sharoitida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarbayjonning maxsus guruhlarni tayyorlash tajribasi inshootlarni malakali demontaj qilish va jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish imkonini beradi.
  • Tibbiy guruhlar va psixologlarni jalb etish, zarur dori-darmonlarni va donorlik qonini yuborish. Bu yerda muhim nuqta — TDT mamlakatlari umumiy til birligi, bu jabrlanganlarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatishda til to‘siqlarini sezilarli darajada kamaytiradi.
  • TDT mamlakatlari yoshlari va boshqa ko‘ngillilar orasidan tuzilgan ko‘ngillilarning guruhlarini yo‘naltirish. Samarali mexanizmlardan biri bu TDT mamlakatlari universitetlari o‘rtasida shoshilinch ko‘ngillilar guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi e’lon bo‘lishi mumkin. Bunday yoshlar tegishli tajriba va salohiyatga ega bo‘lib, kelajakda foydali va zarur tajriba orttiradi.
  • Odamlar isinishi, issiq ovqat yeyishi, tibbiy yordam olishi, qarindoshlariga tez qo‘ng‘iroq qilishi va kerak bo‘lganda, chodirlardan iborat lagerlar va lager oshxonalarini tashkil etish.
  • Moliyaviy yordam ko‘rsatish. Bu yo‘nalishda Turkiyada hozirgi davrda jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish masalani hal etish chorasi bo‘lishi mumkin. Bunday fond mablag‘lari ixtiyoriy mablag‘ to‘plash, shu jumladan TDT mamlakatlari aholisining xayriya mablag‘lari hisobidan shakllantirilishi mumkin. Shuningdek, kelgusida yirik miqyosdagi tabiiy ofatlar paytida TDTga a’zo mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish maqsadga muvofiq.
  • Favqulodda yordam vositalari, jumladan, adyol va choyshablar, issiq kiyim, gigiyena vositalari, chodirlar, favqulodda vaziyatlar uchun chiroqlar, isitkichlar, ichimlik suvi va oziq-ovqatlarni yuborish.
  • Jabrlangan aholini evakuatsiya qilish va TDT mamlakatlari hududida vaqtinchalik uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish.

TDT davlatlari o‘zaro hamkorligining ikkinchi bosqichidagi yordam Turkiya iqtisodiyotini tiklashga yo‘naltirilishi kerak. Bunda infratuzilma va boshqa obektlar va inshootlarni tezroq tiklash, butun iqtisodiyotning faoliyatiga ko‘mak berish ustuvor vazifadir. Qayta tiklash bo‘yicha yordam choralari quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

  • Tik turgan binolarning holatini baholash va keyingi foydalanish uchun yaroqli ekanligini aniqlash uchun seysmologlardan iborat maxsus guruhlarni yuborish. Binolar holatidan kelib chiqib, buzilishi yoki mustahkamlanishi mumkin.
  • TDT davlatlari zarar ko‘rgan hududlarda turar joy binolari, ijtimoiy obyektlar (poliklinikalar, shifoxonalar, maktablar va boshqalar), infratuzilma obektlarini tiklash va qurishda ishtirok etish.
  • obyektlarni tiklash va qurish uchun bir qancha qurilish materiallari va qurilish texnikasini yuborish.
    Tabiiy ofatdan keyingi davrda jabrlangan aholining turmush sharoitini tiklash uchun qo‘shimcha manzilli gumanitar yordam jo‘natish.
  • TDT davlatlarining yirik xoldinglari va ishlab chiqarish kompaniyalari tomonidan mahsulotlarning xayriya partiyalarini sotuvga chiqarish (Turkiyaga yordam berish uchun mahsulot sotib olishga chaqiruvchi yorliqlar bilan) va tushumdan jabrlanganlarga yordam berish va iqtisodiyotni tiklash uchun foydalanish.
  • TDTga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda xayriya konsertlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish va zilzila qurbonlariga yordam berish uchun mablag’ jamlash.
  • Madaniy meros obyektlarining holatini baholash va ularni restavratsiya qilish rejalarini ishlab chiqish uchun arxeologlar, restavratorlar, tarixchilar va boshqalardan iborat ekspertlar guruhini yuborish.

Tadqiqotning to‘liq versiyasini PMTI saytida o‘qish mumkin.