Jizzax, Samarqand va Buxoro viloyatlarida 462,4 million so‘mlik qalbaki pullarni tayyorlab, muomalaga kiritganlikda gumon qilinib, olti nafar shaxs qo‘lga olindi, deb xabar qildi Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati.

Dastlab 3 fevral kuni Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida ichki ishlar xodimlari tomonidan Paynet orqali plastik kartaga 4,3 million so‘m qalbaki pul o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi.

Tergov davomida Jizzax viloyatida yashovchi ikki nafar fuqaro ham qo‘lga olinib, ulardan 10 dona Paynet cheki, 39 dona bank kvitansiyasi va bitta plastik kartasi olib qo‘yildi. Ularning ko‘rsatmalariga ko‘ra, to‘rtta Paynet shoxobchasida 4,5 million so‘m miqdordagi qalbaki pullar olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘lga olinganlardan biri qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uyga yana 18 million qalbaki so‘m yashirgan. Tergov jarayonida u Samarqand viloyati Payariq tumanida yashovchi fuqarodan 18 million so‘mga qalbaki 28 million so‘m sotib olganini tan oldi.

Qo‘lga olingan samarqandlik, o‘z navbatida, Buxoro shahrida yashovchi fuqarodan har birining nominal qiymati 200 000 so‘mdan bo‘lgan qalbaki pullarni 60 000 so‘mdan sotib olganini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Buxoro shahrida yashovchi uch nafar fuqaro 100 million qalbaki pulni 30 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Ulardan 336,4 million so‘m qalbaki pul, to‘rtta kompyuter, beshta printer, uchta qog‘oz kesish mashinasi va 35 dona rangsiz lak musodara qilindi.

Foto

qalbaki кuпюралар

qalbaki кuпюралар

qalbaki кuпюралар

qalbaki кuпюралар

qalbaki кuпюралар