Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tarmoqlarda Payariq tumani Chelak shifoxonasi xodimlari o‘rtasidagi janjal aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

Тарқалgaн videolarda shifoxona bosh shifokorining shu yerda ishlovchi o‘g‘li va kelini muassasadagi ikki hamshirani urib, jarohat yetkazgani aytilmoqda. Boshqarmaning ma’lum qilishicha, 2 fevral kuni shifoxonaning rejali xirurgiya bo‘limida xodimlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik sabab kelib chiqqan.

Holat yuzasidan viloyat SSB ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Janjalda tan jarohati yetkazishda gumonlanayotgan A. N.ga nisbatan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.