Samarqand, Xorazm va Farg‘ona viloyatlarida o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ldi, deya xabar berildi YHXXning «Hafta davomida» ko‘rsatuvida.

2023 yil 2 fevral kuni soat 9:00 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1054-kilometrida haydovchi Lada avtomobilini boshqarib kelib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan yuk avtomobilining chap orqa qismiga urilgan.

Shu tufayli rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan.

Oqibatda Lada avtomobilidagi yo‘lovchi olgan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan. YTHga yengil avtomobil tezlikni me’yoridan oshirgani subyektiv sabab, yo‘lning namligi esa obyektiv sabab bo‘lgan.

йтҳ

2023 yil 3 fevral kuni soat 2:30 larda Xorazm viloyati Hazorasp tumani «Al Xorazmiy» mahallasi Mustaqillik ko‘chasida Nexia rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘ning o‘ng tomon chekkasida turgan Damas avtomobiliga urilgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi olgan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

2023 yil 6 fevral kuni soat 11:15 larda Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lining 324-kilometrida xavfsizlik kamarini taqmagan haydovchi boshqaruvidagi Lacetti yo‘lning belgilangan oyidan orqa qayirayotgan yuk mashinasiga borib urilgan. Uning orqasidan esa oraliq masofani saqlamagan Cobalt to‘qnashgan.

йтҳ

Oqibatda Lacetti avtomobilining 32 yoshli haydovchisi voqea joyida, yo‘lovchisi esa shifoxonada vafot etgan.