10 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi, deya xabar bermoqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Tashrif davomida prezident qator iqtisodiy va ijtimoiy obyektlar faoliyati bilan tanishadi. Aholi bilan muloqot qilib, viloyatni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qiladi.