Urganch shahrida ikkita mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan kreditni talon-toroj qilganligi aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qilindi.

Departamentning Urganch shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovda qadar tekshiruvda, «B.M.» MCHJ rahbari B.J. va boshqalar tijorat banki filialidan ajratilgan kredit evaziga xarid qilingan tibbiyot uskunalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, jami 5,8 mlrd so‘m kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruvda, «K.H.» MCHJ rahbari A.S. hududiy tijorat banki filialidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun ajratilgan 4,5 mlrd so‘m kredit evaziga garovga qo‘yilgan 3 ta xonadon hamda maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasini boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘ini qo‘lga kiritgani aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.