Yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida Food City savdo majmuasi — Qo‘yliq 7-metro bekati yo‘nalishida bepul avtobus yo‘nalishi harakati yo‘lga qo‘yiladi, deb xabar berdi «Toshshahartransxizmat» AJ axborot xizmati.

Bu Food city savdo majmuasi ma’muriyati tomonidan tashkil etiladi va avtobuslar 6 ta jadval asosida ish olib boradi.

food city, қўйлиқ bozori, bepul avtobus қатнови

Shuningdek, Qo‘yliq dehqon bozori atrofidagi mavjud tirbandliklarning oldini olish va Farg‘ona yo‘li ko‘chasini Bektemir shossesi bilan bog‘lovchi yo‘l o‘tkazgich qurish hamda yo‘l-ta’mirlash ishlari olib borilayotgani munosabati bilan harakatda o‘zgarish bo‘ladi.

10 fevraldan Qo‘yliq dehqon bozori orqali harakatlanuvchi 39, 45, 110, 122, 130-sonli avtobus yo‘nalishlari va 8I, 9I, 25 M, 61 M, 55 M, 73 M, 99 M, 170 M, 191 M, 195M-sonli yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarining harakati Food City savdo majmuasi avtoshohbekatiga qadar uzaytiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini yaxshilash maqsadida yangi — 152-sonli avtobus yo‘nalishi tashkil etilgandi. Bundan tashqari, 10 dan ortiq yo‘nalish harakatlariga o‘zgartirish kiritilib, qisqartirilgan yoki uzaytirilgan (ro‘yxat).