Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanidagi xonadonda gaz portlashi yuz berdi. Bu haqida Ellikqal’a tumani hokimi qarorida aytilgan.

2023 yil 4 fevral kuni soat taxminan 08:20 atrofida Ellikqal’a tumanidagi xonadonlarning birida yig‘ilib qolgan tabiiy gaz portlagan. Oqibatda xonadon egasi I.N.ning 1987 yili tug‘ilgan ayoli Z.Y. voqea joyida vafot etgan.

Hozirda tuman hokimi Seydamat Avezov qaroriga ko‘ra, baxtsiz hodisaning sabablarini o‘rganish va dastlabki zarur choralarni ko‘rish ko‘rsatildi.