6 fevral kuni soat 10.00 da Buxoro viloyat sudi binosida 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Oliy sudi matbuot xizmati.

Ushbu jinoyat ishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Dauletbay Razov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqiladi.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar:

  • A. Mыrzambetov;
  • D. Nadirbayev;
  • P. Esengeldiyev;
  • K. Eshjanov;
  • M. Pirlepesov;
  • A. Sariyev;
  • N. Bauyetdinov;
  • A. Sharapov;
  • O. Mamutov;
  • R. Dosыmbetov;
  • A. Allanazarov;
  • N. Duysenbayev;
  • K. Bekpolatov;
  • R. Baimbetov;
  • K. Baxiyev;
  • I. Saparov;
  • A. Omirzakov;
  • N. Baylepesov;
  • A. Jumabekov;
  • N. Xabipov;
  • Z. Pirjanov;
  • Z. Tadjimuratov;
  • O. Dosnazarov;
  • T. Ismailov;
  • I. Polatov;
  • Sh. Ashirbekov;
  • D. Ramanov;
  • R. Sultaniyazov;
  • A. Xojanazarov;
  • Ye. Kanaatov;
  • O. Kurbanov;
  • R. Jumabayev;
  • A. Naurыzbayev;
  • N. Genjebayev;
  • I. Aitmuratov;
  • A. Yesemuratov;
  • K. Begaliyev;
  • M. Raxmanov;
  • A. Seytmuratov.

«Gazeta.uz» ma’lumotlariga ko‘ra, ro‘yxatdagi ayblanuvchilarning bir qismining qayerda ekani bir necha oy davomida noma’lum edi. Ayblanuvchilar orasida jurnalist, O‘zA muxbiri Yesimkan Qanaatov ham bor.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra, ular JKning 104 (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 166 (talonchilik), 244 (ommaviy tartibsizliklar), 244−1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish), 247 (O‘qotar qurolni, o‘q-dorilarni, o‘qotar qurolning
asosiy qismlarini, portlovchi moddalarni, portlatish vositalarini yoki portlatish qurilmalarini qonunga xilof ravishda egallash) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Barcha sudlanuvchilarga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, sud jarayoni ochiq tarzda o‘tkazilib, ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar uchun sud majlislarini videokonferensaloqa vositasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatishga mo‘ljallangan hamda barcha texnik sharoitlar yaratilgan matbuot zali tashkil etilgan.

Dekabr oyi o‘rtalarida Bosh prokuratura Nukus voqealari bo‘yicha ayblanuvchilar bo‘yicha ma’lumotlarni ochib berish chaqirig‘iga javoban ularning umumiy soni 171 nafarni tashkil etgani, yana 39 kishiga daxldor ikkinchi jinoyat ishi bo‘yicha tergov yakunlanayotganini haqida xabar bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvart kuni sud Nukus voqealari bo‘yicha birinchi hukmlarni e’lon qildi: Dauletmurat Tojimuratov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Lolagul Kallixonova 8 yilga shartli ozodlikdan mahrum etildi. Azamat Nuratdinov, Axmet Smetullayev va Azamat Turdanov ham sud zalidan ozod etildi. Qolganlariga ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.