29 yanvar kuni Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida Tata Steel Chess-2023 musobaqasi yakuniga yetdi, deya xabar bermoqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqaning so‘nggi turida Nodirbek Abdusattorov niderlandiyalik Yorden van Foreyestga qarshi o‘ynadi va imkoniyatni boy berdi. Umumiy hisobda u musobaqani 8 ochko bilan yakunladi.

Musobaqa g‘olibligi 8,5 ochko to‘plagan mezbon Anish Giriga nasib qildi.

Boshqa bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov esa Challengers guruhining 13-turida Tomas Berdsenni mag‘lubiyatga uchratib, ochkolari sonini 8,5 taga yetkazdi hamda guruhda 3-o‘rinni egalladi.