Namangan viloyatidagi Norin daryosining chap qirg‘og‘i yemirilgani xabar qilindi. Boshqarma bergan yangi tafsilotlarga ko‘ra, hozirda bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev boshchiligida daryoning yemirilgan qismida qirg‘oq mustahkamlash ishlari davom ettirilmoqda.

Ta’mirlash ishlariga FVDTga kiruvchi vazirlik va idoralarning 381 nafar ishchi va xodimi, 112 ta maxsus texnika vositalari jalb etilgan. Ayni vaqtda suv toshqinlarining oldini olish hamda yemirilgan damba qirg‘oqlarini mustahkamlash uchun 990 metr kub xarsangtosh va 765 metr kub shag‘al yotqizib chiqildi.

Vaziyat nazoratga olingan va dambani mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan barcha vositalar yetkazib berilmoqda, deyiladi xabarda.