28 yanvar kuni Yakkasaroy tumani «Qushbegi» MFY Shota Rustaveli ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yo‘lovchi avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi avtobusning motor qismida nosozliklar yuzaga kelgani uchun yo‘lovchilarni tushirib, avtosaroyga qaytayotgan vaqtda dvigatelda yong‘in kelib chiqqan.

Shunga ko‘ra 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji chaqiruvdan 4 daqiqa o‘tib — soat 10:54 da voqea joyiga yetib borgan, yong‘in soat 10:58 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.