«xayriya» tegli maqolalar


«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd so‘m xayriya qildi
27 yanvar 2023, 12:54

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda qariyb 1 mlrd so‘m xayriya qildi

«Vaqf» fondining Toshkent shahar filiali 2022 yilda xayriya, zakot, vaqf mulklari, ziyoratgohlar, diniy tashkilotlar va aksiyalar orqali kelib tushgan 981 million 994 ming so‘mni ehson tariqasida taqdim etdi.

«Hayot gullari». Kam ta’minlangan oilalar ayollari gul yetishtirish sirlarini o‘rgandilar
28 fevral 2022, 11:52

«Hayot gullari». Kam ta’minlangan oilalar ayollari gul yetishtirish sirlarini o‘rgandilar

Toshkent viloyatida yashovchi kam ta’minlangan oilalar ayollari floristika bo‘yicha bepul kursda ta’lim olishdi. Ayollar guldasta va kompozitsiyalarni yasash, sovg‘alar tayyorlash, xonaki gullarni parvarishlash sirlarini o‘rgandilar. Kurs tashkilotchilarining ta’kidlashicha, bu ko‘nikmalar ayollarga ish topishda va hayotlarini o‘z qo‘llariga olishda amaliy yordam beradi.

“Vaqf” fondi 2021-yilda qariyb 70 mlrd so‘mni xayriya qildi
20 yanvar 2022, 11:18

“Vaqf” fondi 2021-yilda qariyb 70 mlrd so‘mni xayriya qildi

“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘tgan yili xayriya, zakot, diniy tashkilotlar, aksiyalar, homiylar va hamkor tashkilotlardan kelib tushgan 69 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni xayriyaga yo‘naltirdi. Shundan 36 mlrd so‘mdan ko‘prog‘i masjidlar va ziyoratgoh xodimlarini moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga, qariyb 7 mlrd so‘mi nochor, ko‘makka muhtoj fuqarolarga yordam berishga, yana 10 mlrd so‘mi pandemiya davrida diniy soha vakillarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga sarflangan.

O‘zbekistonning jahon xayriya indeksi bo‘yicha reytingi deyarli ikki baravarga oshdi
9 iyul 2021, 14:11

O‘zbekistonning jahon xayriya indeksi bo‘yicha reytingi deyarli ikki baravarga oshdi

2020 yilda O‘zbekiston xayriya indeksi (World Giving Index) jahon reytingida 53-o‘rindan 29-o‘ringa ko‘tarildi. Pandemiya sharoitida odatda birinchi o‘ntalikka kiradigan mamlakatlar (AQSh, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Kanada, Niderlandiya) o‘rniga Indoneziya, Keniya va Nigeriya yuqori o‘rinlarni egalladi. Mutaxassislar ushbu mamlakatlarda xayriya yordamining ko‘payishini kambag‘al aholi qatlamlarining ahvoli yomonlashayotgani, shuningdek, fuqarolik jamiyati va ko‘ngillilar harakati faollashgani bilan izohlashmoqda.

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi
7 iyul 2020, 18:18

Sergelida umumxalq xayriya hashari mablag‘lari talon-taroj qilindi

“Mahalla” jamg‘armasining Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan 95,8 mln so‘mni talon-taroj qilgani aniqlandi. Ularga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting