O‘zbekiston avtomobil bozorida faollik dekabr oyida sezilarli pasayishiga qaramay, 2022 yilda ularning umumiy savdosi rekord darajada o‘sishni ko‘rsatdi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi.

Dekabr oyida o‘tgan yilning boshida boshlangan savdoning o‘sish tendensiyasi to‘xtadi. Biroq 2022 yilning so‘nggi oyidagi faolikning pasayishiga qaramay, avtomobillarga talab ancha yuqoriligicha qolmoqda. Yil davomida sotuvlar soni rekord darajada (87 foizga) o‘sdi va 1,4 millionta avtotransport vositasini tashkil etdi, bu 2021 yilga nisbatan 2 baravar ko‘p.

Dekabr oyida sotilgan avtomobillarning umumiy soni noyabr oyiga nisbatan 32 foizga kamaygan holda 107 mingtadan oshdi. UzAuto Motors tomonidan Chevrolet Lacetti, Cobalt, Damas va Labo avtomobillari bilan shartnoma tuzishning vaqtincha to‘xtatilishi avtomobil bozoridagi faollikni pasaytiruvchi omillardan biri bo‘ldi.

автобозор, итим
Ro‘yxatga va qayta ro‘yxatga olingan avtomobillar soni o‘zgarishi

Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozoridagi vaziyat

Dekabr oyi birlamchi avtomobil bozorida sotuvlarning sezilarli darajada kamayishi bilan ajralib turdi, bir oy ichida ro‘yxatga olingan avtotransport vositalari soni 50 foizga kamaydi. Shu bilan birga, 2021 yilning shu davriga nisbatan pasayish deyarli 40 foizni tashkil etdi.

автобозор, итим
Birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozori (2021−2022)

2022 yilning dekabr oyida ikkilamchi bozorda 91 mingdan ortiq avtotransport vositasi sotildi, bu oldingi oyga nisbatan 28 foizga kam. Ikkilamchi bozorda 1,1 millionta avtotransport vositasi sotildi, bu 2021 yilga nisbatan 2,4 baravar ko‘p.

2022 yilning dekabr oyida mahalliy brendlarning yangi yengil avtomobillari savdosi 2021 yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan holda 13,4 mingtani tashkil etdi.

автобозор, итим
Mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi ulushi

Dekabr oyida chet elda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillarning sotuvi sezilarli darajada (53 foizga) kamaydi va 1,4 mingtani tashkil etdi, 2021 yilning shu davriga nisbatan pasayish 43 foizni tashkil etdi.

2022 yilda mahalliy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosining o‘sishi 268 mingtadan oshdi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 49 foizga ko‘pdir. Umuman olganda, yil davomida O‘zbekiston yangi xorijiy avtomobillar bozori 35 foizga o‘sib, 18,4 ming donani tashkil etdi.