Toshkentda 2018 yil qishida shahar IIBB tashabbusi bilan uysiz odamlar uchun O‘zbekistondagi birinchi boshpana ochilgan edi. O‘shanda ko‘chada o‘lar darajada muzlab qolish xavfi bilan yonma-yon yashayotgan odamlar issiq joy va ovqatga ega bo‘lgan edi.

2023 yil yanvaridagi anomal sovuqlarning birinchi kunida «Gazeta.uz» muxbirlari Toshkent shahar IIBB huzuridagi «Mehr-saxovat uyi» markazida bo‘ldi hamda boshpanada ayozli kunlarda odamlarning ko‘payishiga qanday tayyorgarlik ko‘rilgani va markaz yana nimalarga muhtojligi bilan tanishdi.

Agar ko‘chada uysiz odamlarni ko‘rib qolsangiz, u holda kunu-tun ishlaydigan 71−206−49−14 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz yoki eng yaqin IIB bo‘limiga yoxud 102 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Markaz manzili: Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3-uy.

Video