O‘zgidromet markazi 11−16 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfini e’lon qildi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
  • Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
  • Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, Forish tumanlarida;
  • Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasining Chimyon tog‘larida;
  • Namangan viloyati: Pop tumanida;
  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi elon qilindi.

Tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘li xududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raldi.