10 yanvar kuni Uzbekistan Airways «Toshkent-Pekin-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reysni amalga oshiradi, deb xabar berdi aviatashuvchi matbuot xizmati.

Xitoyga kirish uchun yo‘lovchilarga PSR testi (48 soat amal qiladi) va viza kerak bo‘ladi.

Uzbekistan Airways sayti ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar narxi 6,7 mln so‘mdan boshlanadi. Navbatdagi reys 17 yanvarga rejalashtirilgan. Oy oxirigacha samolyotlar haftada bir marta seshanba kuni parvoz qiladi, fevral oyidan boshlab reyslar sonini ikkitaga yetkazish rejalashtirilgan, deya ma’lum qildi aviakompaniya matbuot xizmati «Gazeta.uz».

O‘zbekiston va Xitoy 2020 yil fevral oyida koronavirus pandemiyasi sababli muntazam parvozlarni to‘xtatgan edi.