Namangan viloyati Chust tumanida 8 yoshli bola vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati.

8 yanvar kuni soat 11:20 larda tumanning «Yorqishloq» MFYdagi xonadonlarning biridan 2014 yil va 2019 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar sog‘lig‘i yomonlashgani sababli tuman tibbiyot xodimlari tomonidan shifoxonaga olib kelingan. 8 yoshli bolaga tuman tibbiyot birlashmasida birinchi yordam ko‘rsatilishiga qaramasdan vafot etgan.

Xabarga ko‘ra, o‘lim sababi aniqlanmoqda. Yakuniy xulosa sud med tibbiy ekspertizasidan so‘ng beriladi.

Hozirda sodir bo‘lgan xolat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

«Hurmatli fuqarolar xonadoningizni isitish maqsadida gaz, elektr, ko‘mir, o‘tin va boshqa yoqilg‘ilardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling», — deyiladi xabarda.